Andijon va Qoraqalpogʻistonda energiya resurslariga noqonuniy ulanish holatlari aniqlandi

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatildi

Andijon viloyatida “A.x.” MCHJ rahbari A.A. va “S.B.” fermer xoʻjaligi masʼul shaxslari umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga tijorat maqsadida oʻzboshimchalik bilan ulanib olgan. Oqibatda jami 160,9 mln soʻmlik elektr energiyadan noqonuniy foydalanilgan.

Shuningdek, Qoʻngʻirot tumanida “J-J” fermer xoʻjaligi masʼul shaxslari oʻzboshimchalik bilan umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga ulangan. Natijada jami 100,2 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling