Issiq sabab Toshkentning ayrim hududlarida “svet” o‘chirilishi mumkin

Mutaxassislar tomonidan elektr tarmoqlari va uskunalarining barqaror ishlashini ta‘minlash bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

Respublik hududida kuzatilayotgan jazirama ob-havo sharoiti sababli elektr energiyasi iste‘moli keskin ortishi kutilmoqda, deb xabar berdi poytaxt magistral elektr tarmoqlari.

Taʼkidlanishicha, Yuqori yuklama natijasida Toshkent shahri elektr tarmoqlarining ayrim hududlarida qisqa muddatli elektr ta‘minotidagi uzilishlar hamda avariyaviy o‘chirishlar yuzaga kelishi ehtimoldan xoli emas.

Mutaxassislar tomonidan elektr tarmoqlari va uskunalarining barqaror ishlashini ta‘minlash hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni imkon qadar tezkor bartaraf etish bo‘yicha barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Fuqarolardan elektrdan tejamkor foydalanish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaqtinchalik noqulayliklarga tushunish bilan yondashish so‘ralmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling