“ACWA Power” Oʻzbekistonda 2000 MVt-soat quvvatli elektr energiyasini saqlash tizimlarini quradi

Loyiha qurilishi davrida 1000 dan ortiq ish oʻrinlari yaratiladi

Ozarbayjonning Boku shahrida boʻlib oʻtayotgan COP-29 anjumani doirasida Oʻzbekiston Energetika vazirligi va Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi oʻrtasida Respublika boʻylab umumiy quvvati 2000 MVt⋅soat boʻlgan elektr energiyasini saqlash tizimlarini qurish loyihasini amalga oshirish boʻyicha shartnoma imzolandi.

Loyiha doirasida Respublika boʻylab yagona energetika tizimida oʻrganishlar oʻtkaziladi va oʻrganish natijalaridan kelib chiqqan holda hududlar tanlanib, elektr energiyasini saqlash tizimlari bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Dastlabki baholashlarga koʻra, loyihaning umumiy qiymati 1,1 mlrd dollarni tashkil etadi.

Loyiha qurilishi davrida 1000 dan ortiq ish oʻrinlari yaratiladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling