Toshkent viloyatida 581,1 mln soʻmlik “svet”dan noqonuniy foydalangan sex fosh etildi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda

Nurafshon shahrida “Gʻ.” MCHJga tegishli “Chigʻiriq” MFY hududidagi omborxona koʻzdan kechirilganda korxonaning norasmiy boshqarib kelgan Z.Sh. va boshqalar oʻzaro til biriktirib, shlakoblok ishlab chiqarish uskunalari va suv nasoslarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi tarmoqqa toʻgʻridan-toʻgʻri ulagani aniqlandi.

Natijada jami 581,1 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling