Jizzaxda 780,5 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi

Energetika xavfsizligi oyligi doirasida “Oʻzenergoinspeksiya” yoqilgʻi-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini bartaraf etish va oldini olish borasida nazorat tadbirlarini amalga oshirmoqda.

Xususan, Jizzax viloyat Sharof Rashidov tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro T.Sh. oʻziga tegishli binoda tijorat maqsadida hisoblagichdan tashqari elektr qurilmalar oʻrnatgan holda 780,5 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling