Energiya resurslarni talon-toroj qilinishini fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.
Xususan, Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi “K.I.” MCHJ rahbari R.I. paxtani qayta ishlash sexini tarmoqqa noqonuniy ravishda ulab, jami 7,5 mlrd soʻmlik elektr energiyasini oʻgʻirlagan.
Mazkur holat yuzasidan jamiyat rahbariga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling