Buxoroda shartnoma rasmiylashtirmasdan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

223 mln soʻmlik zarar yetkazilgan

Buxoro shahrida joylashgan “P.S.” MCHJ masʼullari tomonidan elektr qurilmalarini shartnoma rasmiylashtirmasdan elektr tarmogʻiga ulanganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra elektr taʼminoti korxonasiga 223 mln soʻmlik zarar yetkazganligi maʼlum boʻldi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling