Ijtimoiy tarmoqlarda Yashnobod tumani, Abdulla Qodiriy koʻchasida davlat raqam belgisiz boʻlgan Malibu-2 haydovchisi YPX inspektorlaridan qochgani aks etgan video tarqaldi. Haydovchi, shuningdek, qizil chirogʻida harakatlangan.
Holat boʻyicha Toshkent shahar IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi izoh berdi.
Huquqbuzarliklarni 2004-yilda tugʻilgan X.T. sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Avtomashina vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirildi, haydovchi va uning yoʻlovchisi bilan profilaktik suhbat oʻtkazildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling