Toshkent shahrida qurilish maydonida elektr energiyasidan oʻzboshimchalik bilan foydalangan MCHJ aniqlandi, deb xabar bermoqda “Oʻzenergoinspeksiya” matbuot xizmati.
Uchtepa tumanida faoliyat yuritayotgan “B.D.” MCHJ masʼullari qurilish maydonidagi elektr qurilmalarini shartnomalarsiz tarmoqqa oʻzboshimchalik bilan ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra 737,9 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi maʼlum boʻldi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling