Toshkent shahridagi 35 kV “L-Savdo-2” elektr uzatish tarmog‘ida 25-aprel kuni soat 10:50 da nosozlik yuzaga kelgan. Bu haqda «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ matbuot xizmati xabar berdi.
Buning natijasida Yunusobod tumanidagi 480 ta iste‘molchi elektr ta‘minotidan uzilgan.
Hozirgi vaqtda ushbu nosozlikni bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda.