Xalq deputatlari Yakkabog‘ tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Unda deputatlar Abdinabi G‘iyosovni tuman hokimi lavozimiga tasdiqladi.
Abdinabi G‘iyosov 1963-yil Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan. U Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutini tamomlagan.
Tayinlovga qadar u "Kumush kuz fayzi" MCHJ shaklidagi agrofirma taʼsischisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.