Qoraqalpogʻiston Respublikasining Chimboy tumanida fuqaro R.K. oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qiluvchi tadbirkor B.E.ga oʻzini goʻyoki tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish boʻlimi rahbari sifatida tanishtirgan.
Soʻng tadbirkorning faoliyatini huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan tekshirish olib borilmasligi evaziga 13 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling