Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Shavkat Mirziyoyev bugun tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazadi

Davlat rahbari Yangi Toshkentda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan ham tanishadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazadi va ularning bir guruhiga davlat mukofotlarini topshiradi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Bugungi ochiq muloqotga tayyorgarlik davomida 26 ta sohaning 7 mingga yaqin vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. “Koll-markaz” orqali 13 mingdan ziyod murojaat va tashabbuslar kelib tushdi.

Bugungi uchrashuvda davlat rahbari ushbu murojaatlarni o‘rganish asosida ishlab chiqilgan hamda tadbirkorlik faoliyatiga yana-da ko‘p qulaylik yaratishga qaratilgan yangi yechimlarni ilgari surishi kutilmoqda. 

Davlat rahbari Yangi Toshkentda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan ham tanishadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling