O‘zbekistonda 1-fevraldan poyezd chiptalari narxlari oshiriladi

"Afrosiyob" elektropoyezdlarning ekonom toifadagi chipta narxlari 20 foizga oshirilmoqda

O‘zbekistonda 1-fevraldan yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" elektropoyezdlarning VIP, Biznes toifadagi chipta narxlari 25 foizga, ekonom toifadagi chipta narxlari 20 foizga oshirilmoqda. Bu haqda "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ xabar berdi.

Shuningdek, tez yurar yo‘lovchi poyezdlar  "Sharq", "Nasaf" va "O‘zbekiston" poyezdlarning chipta narxlari 30 foizga oshirilmoqda. 

Ma’lum qilinishicha, bunda temir yo‘l infratuzilmasi xarajatlari, elektr energiyasi, yoqilg‘i va transport xarajatlarini qoplash, shuningdek yangi yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarni xarid qilish va yo‘lovchi vagonlari parkini yangilash, temir yo‘l vokzallari faoliyatini yangicha zamonaviy talablariga muvofiq olib borish va yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsad qilingan.

"Afrosiyob" elektropoyezdlarni chipta narxlari quyidagicha:

Toshkent — Buxoro

VIP 994 000 so‘m

Biznes 751 000 so‘m

Ekonom 484 000 so‘m

Toshkent — Qarshi

VIP 854 000 so‘m

Biznes 634 000 so‘m

Ekonom 406 000 so‘m

Toshkent — Samarqand 

VIP 619 000 so‘m

Biznes 450 000 so‘m 

Ekonom 294 000 so‘m etib belgilandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling