Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan 2024-yilning noyabr oyida Toshkent shahrida uy-joylar uchun oʻrtacha ijara narxlari tahlil qilindi.

Mazkur davrda poytaxtda oʻrtacha taʼmirlangan xonadonlar uchun oʻrtacha ijara narxlari oktyabr oyiga nisbatan 1,3 foizga pasaygan boʻlsa, toʻliq taʼmirlangan xonadonlar uchun oʻrtacha narxlar deyarli oʻzgarmadi.
Oʻrtacha taʼmirlangan uy-joylar ijarasi. 2024-yilning noyabr oyida oʻrtacha taʼmirlangan 1 xonali xonadonlar uchun oʻrtacha ijara narxi oktyabr oyiga nisbatan 0,9 foizga, 2 xonalilar uchun 1,3 foizga, 4 xonalilar uchun 3,9 foizga tushdi. 3 xonali xonadonlar uchun oʻrtacha ijara narxida esa biroz (0,8 foizga) koʻtarilish kuzatildi.
Oʻrtacha taʼmirlangan xonadonlar uchun nisbatan arzon ijara narxlari:
- Sergeli (1 xonali - 298 AQSH dollari, 2 xonali – 360 AQSH dollari, 3 xonali – 404 AQSH dollari, 4 xonali - 411 AQSH dollari);
- Olmazor (1 xonali – 330 AQSH dollari, 2 xonali – 364 AQSH dollari, 3 xonali – 463 AQSH dollari, 4 xonali – 479 AQSH dollari) tumanlarida taklif etilgan boʻlsa,
eng qimmat ijara narxlari:
- Mirobod (1 xonali – 378 AQSH dollari, 2 xonali – 516 AQSH dollari, 3 xonali – 680 AQSH dollari, 4 xonali – 865 AQSH dollari);
- Yakkasaroy (1 xonali – 367 AQSH dollari, 2 xonali – 488 AQSH dollari, 3 xonali – 668 AQSH dollari, 4 xonali – 743 AQSH dollari) tumanlarida kuzatildi.
Toʻliq taʼmirlangan uy-joylar ijarasi. Mazkur davrda toʻliq taʼmirlangan 2 xonali (559 AQSH dollari) va 3 xonali (733 AQSH dollari) uy-joylarning ijara narxi deyarli oʻzgarishsiz qolgan boʻlsa, 1 xonali uylar ijara narxlari 0,6 foizga oshdi. Talab darajasi nisbatan kam boʻlgan 4 xonali uylarning ijara narxi esa oʻrtacha 0,9 foizga pasaydi.
Toʻliq taʼmirlangan uy-joylarning eng arzon ijara narxlari:
- Sergeli (1 xonali – 331 AQSH dollari, 2 xonali – 410 AQSH dollari, 3 xonali – 509 AQSH dollari, 4 xonali – 587 AQSH dollari);
- Uchtepa (1 xonali – 353 AQSH dollari, 2 xonali – 450 AQSH dollari, 3 xonali – 554 AQSH dollari, 4 xonali – 688 AQSH dollari) tumanlarida,
eng qimmat ijara narxlari:
- Mirobod (1 xonali – 479 AQSH dollari, 2 xonali – 718 AQSH dollari, 3 xonali – 984 AQSH dollari, 4 xonali – 1313 AQSH dollari);
- Shayxontohur (1 xonali – 520 AQSH dollari, 2 xonali – 730 AQSH dollari, 3 xonali – 1032 AQSH dollari, 4 xonali – 1258 AQSH dollari) tumanlarida kuzatildi.