31-oktabr kuni soat 02:13 da Toshkent shahar Olmazor tumani “Chinobod” MFY Sagʻbon 30-berk koʻchasida joylashgan 5-uydagi xonadonlarning birida yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga koʻra yongʻin-qutqaruv ekipajlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, yongʻin qisqa vaqt ichida bartaraf etilgan.
Yongʻin natijasida xonadonning taxminan 10 kv.m maydonda ichki qismi yonib zararlangani va xonadonda yashovchi 1950-yilda tugʻilgan fuqaro halok boʻlgani aniqlangan.
Oila aʼzolarining soʻzlariga koʻra, 1950-yilda tugʻilgan fuqaro insult kasalligiga uchragani va shu sababli harakatlana olmaganligi uchun oxirgi yillari oila aʼzolari nazoratida yotoq holatida boʻlgan.
Birlamchi maʼlumotlarga koʻra, yongʻin oqibatida halok boʻlgan fuqaro, yotoq joyida tamaki mahsulotini chekish natijasida, yongʻin sodir boʻlgani taxmin qilinmoqda.
Hozirgi vaqtda yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlash boʻyicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling