“Tashabbusli budjet”da majburiy ovoz to‘plangan loyihalar ovoz berish bosqichidan chetlatiladi

Quva tumanidagi 37-maktabda majburiy ovoz berish holati kuzatildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati Quva tumanidagi 37-maktabda “Tashabbusli budjet” jarayoniga majburiy ovoz berish holatlari yuzasidan xabarlar tarqaldi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi holat yuzasidan izoh berdi.

Taʼkidlanishicha, mazkur holatlar tegishli vakolatli organlar tomonidan o‘rganilib, haqiqatan ham ushbu maktabda xodimlar majburiy ovoz berishga jalb etilgani tasdiqlangan.

Shu munosabat bilan, vazirlik tomonidan mazkur maktabda majburiy ovoz to‘plangan loyihalarni ovoz berish bosqichidan chetlatish yuzasidan tegishli tuman Xalq deputatlari kengashiga taqdimnoma yuborildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling