“Tashabbusli budjet”ning joriy yilgi ikkinchi mavsumi 15-iyuldan boshlanadi

Loyihalarni 3-avgustgacha topshirish, g‘oliblarni esa 1-sentabr kuni e‘lon qilish rejalashtirilgan.

15-iyuldan “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026-yilgi ikkinchi mavsumi boshlanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Mazkur mavsum “Tashabbusli budjet” dasturi yo‘lga qo‘yilganidan buyon o‘tkazilayotgan 11-mavsum hisoblanadi.

Jarayon doirasida 15-iyuldan 3-avgustgacha loyihalarni qabul qilish, 4–18-avgust kunlari ularni saralash, 19–21-avgust kunlari targ‘ibot bosqichini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Shundan so‘ng, 22–31-avgust kunlari fuqarolar loyihalar uchun ovoz beradi.

An‘anaviy ovoz berish yakunlariga ko‘ra g‘olib loyihalar 1-sentabr kuni e‘lon qilinadi. Qo‘shimcha g‘oliblar esa 1–10-sentabr kunlari ma‘lum qilinadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling