Shavkat Mirziyoyev Ar-Riyodga yetib bordi

Bugun Oʻzbekiston yetakchisi navbatdan tashqari Arab-islom sammitida ishtirok etadi

Shavkat Mirziyoyev 11-noyabr kuni amaliy tashrif bilan Ar-Riyod shahriga keldi.

Podshoh Xolid nomidagi xalqaro aeroportda davlatimiz rahbarini Ar-Riyod viloyati rahbariyati – shahzoda Muhammad bin Abdurahmon bin Abdulaziz va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Bugun Oʻzbekiston yetakchisi navbatdan tashqari Arab-islom sammitida ishtirok etadi.

Tadbir kun tartibiga muvofiq, Gʻazo va Livandagi keskinlikni tez fursatda kamaytirish, mojaroni siyosiy-diplomatik yoʻl bilan hal etish masalalari koʻrib chiqiladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling