Kuala-Lumpur shahridagi “Perdana Putra” hukumat majmuasida 5-fevral kuni Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbarini Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim kutib oldi.
Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Ikki mamlakat davlat madhiyalari yangradi.

Oʻzbekiston prezidenti faxriy qorovul safi oldidan oʻtdi. Soʻng ikki davlat yetakchilari rasmiy delegatsiyalar aʼzolari va diplomatik korpus vakillarini qutladi.

Birgalikda suratga tushish marosimidan soʻng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.