Tataristonda sodir boʻlgan yongʻin oqibatida 5 nafar Oʻzbekiston fuqarosi vafot etdi

Holat Oʻzbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi nazoratiga olindi

Tataristonning Yelabuga munitsipal tumanida joylashgan «MIR» chorvachilik fermasining inshootida 24-dekabr ertalab soat 3:00 larda yongʻin sodir boʻlgan.

Hodisa oqibatida 5 nafar Oʻzbekiston fuqarolari (A.B. 1976 y.t., X.X., 1965 y.t., J.U., 1970 y.t., B.N., 1995 y.t. va S.D., 2002 y.t.) halok boʻlgan.

Holat Oʻzbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi nazoratiga olinib, tezkor ravishda Bosh konsulxona diplomatlari voqea joyiga safarbar etilgan.

Vakolatli organlar bilan zarur tadbir va ishlarni (shaxsga aniqlik kiritish va hq.) olib borib, halok boʻlganlarni jasadlarni Vatanga qaytarish ishlarini tashkil etishga qaratilgan choralar koʻrilmokda.

Mazkur masala boʻyicha Oʻzbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi vakillari bilan quyidagi telefon raqamlar orqali bogʻlanish mumkin:

+7-843 526-55-63; +7-843 526-55-64; +7-843 526-55-65;

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling