“Taxtaqoracha” dovoni vaqtincha yopiladi

Bunga amaliy oʻquv mashgʻuloti o'tkazilishi sabab bo'ladi

Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bogʻlovchi “Taxtaqoracha” dovonida favqulodda vaziyatlarni oldini olish maqsadida bugun, 5-dekabr kuni soat 09:00dan amaliy oʻquv mashgʻuloti oʻtkaziladi.

Mashq davomida yirik toshlarni xavfsiz tushirish ishlari amalga oshirilib, dovonda transportlar harakati vaqtincha cheklanadi.

Haydovchilardan tashkil etilgan chora-tadbirlarni toʻgʻri tushunush va tartibga soluvchilarning ishoralariga rioya qilish soʻralgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling