2025-yil 1-apreldan elektr va tabiiy gaz tariflari oshishi kutilmoqda

Subsidiyalarning qariyb 12,3 trillion soʻmi energetika sohasini qoʻllab-quvvatlashga sarflanadi

Senat yalpi majlisida “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi qonuni muhokama qilindi.

Bosh vazir oʻrinbosari Jamshid Qoʻchqorovning aytishicha, 2025-yilda budjetdan ajratiladigan jami subsidiyalar miqdori 28,3 trillion soʻm boʻlishi kutilmoqda. Shundan qariyb 12,3 trillion soʻmi energetika sohasini qoʻllab-quvvatlashga sarflanadi.

Xususan, tabiiy gazni sotib olish va sotish narxlaridagi tafovutni qoplashga 7 trillion soʻm, elektr energiyasidan koʻrilgan zararni soʻndirishga 500 milliard soʻm subsidiya beriladi.

“Joriy yilda tariflar oshgan boʻlsa, Vazirlar Mahkamasining qarorida 2025-yil 1-apreldan yana bir marta oshirish taklifi maʼqullangan. Kelgusi yildan tariflar oshadi Kelgusi 2025-yilda gaz va elektr energiyasi uchun 7,5 trillion soʻm subsidiya ajratilayotgan boʻlsa, bu yil bu summa 12 trillion soʻmni tashkil etdi, yaʼni kamayib bormoqda.

Subsidiyalarni berish qachon toʻxtadi, deb savol beradigan boʻlsangiz, 2025-2026-yillarda ham davom etadi, 2027-yil keskin pasayadi, 2028-yildan boshlab subsidiyalar budjetdan berilmaydi”, — dedi Qoʻchqorov.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling