Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.
Ikki tomonlama kun tartibidagi hamda mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi koʻp tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.
Xavfsizlikka tahdid va xatarlarga qarshi kurashni kuchaytirish maqsadida ikki mamlakat maxsus xizmatlari oʻrtasidagi yaqin va samarali hamkorlikni davom ettirish muhimligi qayd etildi.
Kreml xabarida aytilishicha, muloqot Oʻzbekiston tarafi tashabbusi bilan tashkil etilgan. Shavkat Mirziyoyev general Igor Kirillov va uning yordamchisi oʻlimi munosabati bilan hamdardlik bildirgan.
Oʻzbekiston bunday teraktni keskin qoralashi taʼkidlangan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling