Zarafshon shahrida bank mobil ilovasi orqali fuqaroning nomiga kredit olib oʻzlashtirgan firibgar aniqlandi, deb xabar berdi Bosh prokuratura huzuridagi Departament.
Maʼlum qilinishicha, fuqaro D.R. fuqaro H.N.ning xabardorligisiz, uning nomiga bank mobil ilovasi orqali 53,7 mln soʻm kredit ajratilishiga erishib, ushbu mablagʻlarni shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling