15-dekabr kuni Dalaguzar – Nazarbek temir yoʻl kesishmasida avriya sodir boʻldi. Bu haqda “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Damas temir yoʻllarga tiqilib qoldi. Haydovchi taqiqlovchi belgilarga eʼtibor bermasdan temir yoʻlni kesib oʻtishga harakat qilgan.
Damas va boshqa avtomashinalar haydovchilari mashinani temir yoʻldan boʻshatishga harakat qildi. Yuk poyezdi mashinisti ham yoʻlda tiqilib qolgan mashinani koʻrib, shoshilinch tormozlashni faollashtirgan.
Ammo yuk poyezdining 800 metrdan 1000 metrgacha boʻlgan tormoz masofasi hisobga olinsa, toʻqnashuvning oldi olinmadi. Hodisa natijasida jabrlanganlar yoʻq.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling