Temu marketpleysi Oʻzbekistonda bloklanishi mumkin

Temu Oʻzbekistonda 2024-yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Temu marketpleysi Oʻzbekistonda yaqin orada bloklanishi mumkin. Bu haqda ILMA vakili maʼlum qilgan.

Temu Oʻzbekistonda 2024-yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan edi.

“Temu internet platformasi oʻtgan yili marketingga 10 mlrd dollar ishlatgan, lekin Oʻzbekistonda oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olish maqsadida hali ham ILMAga murojaat qilmagan. Shuning uchun yaqin kelajakda bloklanishi mumkin”, — degan ILMA vakili.

Maʼlumot uchun, 1-iyuldan boshlab elektron tijorat operatorlari Oʻzbekistonda faoliyat olib borish uchun yuridik shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi kerak.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling