Oʻtgan 2024-yil davomida 103 xizmatiga jami 2713 ta yolgʻon chaqiriq kelib tushdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, mazkur koʻrsatkichni 2023-yilning ayni shu davri bilan taqqoslasak, qariyb 792 taga kamayganini koʻrish mumkin.
Tahlillar shuni koʻrsatadiki, 2024-yilning yanvar-dekabr oylarida eng koʻp yolgʻon chaqiriq Samarqand viloyatida kuzatilib, mazkur raqam 645 tani tashkil etdi.
Keyingi oʻrinda Qashqadaryo viloyati qayd etildi — 436 ta. Shuningdek, Fargʻona viloyatidan 259 ta ana shunday murojaat kelib tushgan.
Eng kam yolgʻon chaqiriq esa Sirdaryo viloyatida roʻyxatga olindi — 17 ta.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling