DXX hamda IIV tuzilmalari tomonidan 3-4-fevral kunlari mamlakat miqyosida “Qoradori” keng koʻlamli tadbirlarining dastlabki bosqichi olib borildi.
Giyohvandlik va kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy muomalasi bilan shugʻullanib kelayotgan shaxslar va jinoiy guruhlar faoliyatiga chek qoʻyish maqsadida jami 653 ta maxsus tadbirlar oʻtkazildi.
Oʻtkazilgan tadbirlar davomida jami 112 kg 257 gr giyohvandlik vositalari (geroin, opiy, gashish, sintetik turdagi giyohvandlik vositalari) hamda 8601 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining aholi orasida tarqatilishi toʻxtatib qolindi.
Giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasidan olingan 287 ming 460 dollar va 569 mln soʻm miqdoridagi pullar daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirildi.
Qoʻzgʻatilgan 222 ta jinoyat ishlari doirasida 228 nafar shaxslar jinoiy javobgarlikka tortildi. 64 nafar shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortildi.
47 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlandi. 357 nafar shaxslar bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazilib, 231 nafari rasmiy ogohlantirildi.
Shuningdek, 175 ta “tigʻ”, 58 ta “bita”, 24 ta “kastet” va 77 ta qurol olindi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling