Samarqand viloyati, Urgut tumani, “Kamangaron” MFY hududidan oʻtuvchi ichki yoʻlda 16-noyabr kuni soat 19:50 larda YTH sodir boʻldi.
Genta mashinasi haydovchisi yuqori tezlikda harakatlanib, roʻl boshqaruvini yoʻqotishi oqibatida, yoʻlning oʻng chetki qismida ketayotgan uch nafar piyodani urib yuborgan.
Oqibatda piyodalar yengil tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.
Hozirda holat yuzasidan Urgut tumani IIB JXX YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling