Tibbiyot xodimlariga uy sotib olish uchun subsidiya qanday beriladi?

Ariza beruvchi subsidiya olish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona portal orqali murojaat qilishi mumkin.

Ayrim tibbiyot xodimlariga uy sotib olish uchun subsidiya berish tartibi belgilandi. Bu bo‘yicha tegishli nizom hukumat qarori bilan tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, fuqaro ro‘yxatdan o‘tkazilgan hududidan qatʼi nazar, istalgan hududdan subsidiya dasturi doirasida birlamchi uy-joy bozoridan uy-joylarni ipoteka krediti asosida sotib olishi mumkin. 

Ariza beruvchi subsidiya olish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona portal orqali murojaat qilishi mumkin.

Ariza beruvchini baholashda kuyidagilar tasdiqlanishi shart hisoblanadi:

  • amalda davlat tibbiyot muassasasida faoliyat yuritayotgani;
  • davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega ekanligi. 

Subsidiya 1 oilaga (eri yoki xotiniga) faqat 1 marta beriladi. Tanlov onlayn tarzda o‘tkaziladi.

Bunda mezonlarga to‘liq muvofiq ishtirokchilar orasidan har chorak uchun belgilangan kvota doirasida 125 nafar g‘olib avtomatik tasodifiy tanlash imkonini beruvchi veb-saytlar orqali aniqlab olinadi.

Subsidiya ajratish xabarnomasini olgan g‘olib uy-joyni ipoteka krediti orqali sotib olish bo‘yicha qurilish tashkiloti bilan birlamchi shartnoma tuzadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling