Qancha fuqaro 2024-yilning 9 oyida Oʻzbekistonga davolanish maqsadida kelgani aytildi

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 36,3 ming nafarga oshgan

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-sentyabr oylarida jami 81,7 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 36,3 ming nafarga yoki 80,2 foizga oshgan.

Yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekistonga davolanish maqsadida kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar boʻyicha quyidagicha taqsimlangan:

Tojikiston — 62 347 nafar; 

Qozogʻiston — 9 537 nafar;

Qirgʻiz Respublikasi — 7 481 nafar;

Rossiya — 1 424 nafar;

Turkmaniston — 727 nafar;

Turkiya — 29 nafar;

Afgʻoniston — 23 nafar;

Ukraina — 16 nafar;

Ozarbayjon — 12 nafar;

AQSH — 12 nafar;

Boshqa davlatlar — 60 nafar.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling