Davlat organlarida korrupsion holatlarni aniqlash va ularga chek qoʻyish yoʻnalishida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi.
Xususan, “Fargʻona viloyati hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat boʻlimi boshligʻi viloyatdagi tumanlardan birining elektr tarmoqlari korxonasi bosh muhandisi 2024-yil 9 oylik faoliyati davomida yoʻl qoʻygan kamchiliklari uchun kelgusida ishdan boʻshatilmasligi evaziga, undan 1000 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, ushbu noqonuniy ishga AJning xodimlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi ham aloqador ekanligi aniqlandi.
Hozirda mazkur ikki shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling