“Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan neft mahsulotlarini yetkazib berish va ularni sotuvga chiqarilishi yuzasidan Toshkent viloyatida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida AYOQSHlarda qoidabuzarlik holatlari aniqlandi.
Xususan, Ohangaron tumanida joylashgan “D.” xususiy korxonasiga qarashli AYOQSH oʻrganilganda 4 dona ming litrlik yelim idishlarda dizel yoqilgʻisi saqlanayotganligi hamda nostandart yelim idishlarga dizel yonilgisi quyish holati ainqlandi.
Shuningdek, ushbu shaxobchada sotilayotgan avtobenzindan namuna olinib, laboratoriya tahlillaridan oʻtkazilganda AI-92-rusumli avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsiz) maʼlum boʻldi.
Bu kabi holatlar Yangiyoʻl tumanida “S.F.B.” MCHJ va Parkent tumanida “P.” fermer xoʻjaligiga qarashli AYOQSHlarda ham aniqlandi.
Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yoʻl qoʻygan ushbu AYOQSHlarda kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha toʻxtatildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling