Vazirlar Mahkamasining «Davlat teatrlari, teatr studiyalari, sirk va konsert-tomosha muassasalarining artist xodimlariga malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori qabul qilindi.
Nizom quyidagilarni belgilaydi:
- teatr, sirk va konsert-tomosha muassasalarida malaka toifalari bilan lavozimlarni berish tartibi;
- malaka toifalarini berish mezonlari, tartibi va muddatlari;
- toifani pasaytirish yoki bekor qilish asoslari;
- malaka toifalarini berish bilan bogʻliq shikoyatlarni koʻrib chiqish tartibi.
Malaka toifasi yilda bir marta belgilanadi va Badiiy kengash xulosasi asosida muassasa direktorining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
Malaka berish quyidagi baholash mezonlariga asoslanadi:
- ijodiy qobiliyatlar;
- ish staji;
- turli konsertlar va spektakllarda ishtirok etish sifati va soni;
- jamoat ishlari hamda maʼnaviy-maʼrifiy va ijodiy yigʻilishlardagi faollik.