Chust tumanida 2,1 mlrd soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MCHJ fosh etildi. Bu haqda “Oʻzenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, “Ch.Sh.” MCHJ masʼullari tomonidan ishlab chiqarish sexida elektr energiyasi hisobi uchun oʻrnatilgan tok transformator qasddan uzib qoʻyib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida elektr taʼminoti korxonasiga 2 mlrd 159 mln soʻmlik zarar yetkazganligi maʼlum boʻldi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling