Yaponiyada 1-avgust kuni halok bo‘lgan ayolning jasadi O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, marhumaning 2 nafar voyaga yetmagan farzandlari hamda turmush o‘rtog‘iga aviachiptalar xarid qilingan.
Elchixona konsullik xodimi tomonidan vafot etgan fuqaroning jasadini reysga topshirishdagi tashkiliy ishlarda ko‘mak ko‘rsatilgan.
Ushbu reys bilan O‘zbekistonga qaytayotgan oila aʼzolarini aeroportda kuzatib qo‘yildi.