Qozog‘istonning Aqtau shahrida Bokudan Grozniyga uchayotgan yo‘lovchi samolyoti qulab tushdi. Samolyot bortida 67 nafar yo‘lovchi va besh ekipaj a’zosi bo‘lgan.
Hodisa joyiga Qozog‘iston FVVning 52 nafar shaxsiy tarkibi va 11 ta texnikasi yetib kelgan.
Samolyot qulab tushganidan keyin yong‘in boshlangan. Qutqaruv bo‘linmalari yong‘inni o‘chirishga kirishdi.
Halokatga uchragan samolyot Azerbaijan Airlines aviakompaniyasiga tegishli bo‘lgan.