Rossiyaning Tomsk va Novosibirsk shaharlarida mushkul vaziyatda qolgan to‘rt nafar ayol va ularning bolalari O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Fuqarolar zarur hujjatlarini yo‘qotgan va O‘zbekistonga qaytish uchun mablag‘ topolmagan.
Bosh konsulxonasi tomonidan fuqarolarning O‘zbekistonga qaytishlari uchun sertifikatlar rasmiylashtirildi. Migratsiya agentligi vakolatxonasining saʼy-harakatlari bilan esa ular uchun aviachipta xarid qilindi.
7-avgust kuni ayollar va bolalar Novosibirsk-Farg‘ona aviareysi bilan O‘zbekistonga kuzatib qo‘yildi.