Peshku tumani “Oʻzbek” MFYda joylashgan “V.G.O.” MCHJga qarashli avtomobillarga yoqilgʻi quyish shaxobchasida neft mahsulotlarini sotuvga chiqarilishi boʻyicha noqonuniy holat aniqlandi.
Xusussan, “V.G.O.” MCHJga qarashli avtomobillarga yoqilgʻi quyish shaxobchasi ish faoliyatida boʻlmasada, “Buxoro neft bazasi” MCHJdan jami 889,2 mln soʻmlik 96,1 tonna AI-80 markali avtobenzinni shaxobcha sigʻimlariga tushirilmasdan avtotsisterna orqali ulgurji sotib yuborilganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan qoidabuzarlikka yoʻl qoʻygan ushbu AYOQSH birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha toʻxtatildi.