Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi Paeonnis klinikasida voyaga yetmagan bola 25 avgust kuni operatsiya jarayonida vafot etgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Bosh prokuratura matbuot xizmatiga ko‘ra, ushbu holat yuzasidan tekshirish harakatlari o‘tkazildi.
Holatga aloqador shaxslarni batafsil so‘roq qilish, yuzlashtirish, qo‘p vaqt talab qilinadigan murakkab ekspertizalar tayinlash va boshqa bir qator tergov harakatlarini o‘tkazmasdan qonuniy to‘xtamga kelish imkoni yo‘qligi sababli Jinoyat kodeksining 116-moddasi (Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Barcha zarur tergov harakatlari o‘tkazilganidan so‘ng ish bo‘yicha qonuniy to‘xtamga kelinadi.