Toshkent shahar IIBB noma‘lum fuqaro 9-qavatdan tushib ketgan uy aks etgan video yuzasidan izoh berdi.
Maʼlum qilinishicha, 21-iyul kuni taxminan soat 01:30 larda Yunusobod tumani, 9-mavze hududidagi ko‘p qavatli uylarning birida, 2002-yilda tug‘ilgan fuqaro T.R, shu uyning 9-qavatidagi derazadan o‘zini pastga tashlagan va kirish yo‘lagining tom qismiga urilib, yerga tushgan.
Natijada fuqaro “BMYOJ, BMCH, chap o‘mrov suyagi, o‘ng ko‘krak suyagi, birinchi bel umurtqasi kompression sinishi 2,3-daraja, travmatik shok 2-darajasi” tashxisi bilan shifoxonaga olib borilgan. Hozirda bemor shifokorlar nazoratida.
O‘rganish jarayonida aniqlanishicha, fuqaro 2024-yilning oxiridan buyon ruhiyatida o‘zgarishlar sodir bo‘lishi boshlanganligi va psixolog-shifokor tekshiruvlaridan o‘tkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.