Namangandagi 5 ta benzin zapravkada sifatsiz benzin sotilayotgani aniqlandi

Ushbu AYOQShlarda birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha toʻxtatildi

Namangan viloyatida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida AYOQShlarda qoidabuzarlik holatlari aniqlandi.

Xususan, Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi “O.Y.S.” MCHJ, Mingbuloq tumanidagi "G.B.O.S." MCHHJ va Namangan shahridagi "K.N" MCHHJ hamda Yangi Namangan tumanidagi "B.Y.M." va "I.R.G" MCHJlarga qarashli AYOQShlarda sotilayotgan benzindan namuna olinib, laboratoriya tahlillaridan oʻtkazilganda AI-92-markali avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsiz) maʼlum boʻldi.

Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yoʻl qoʻygan ushbu AYOQShlarda birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha toʻxtatildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling