“Oʻzenergoinspeksiya” va Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi hamkorligida Namangan viloyatida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida AYOQSHlarda qoidabuzarlik holatlari aniqlanmoqda.
Xususan, Namangan tumanida joylashgan “E.P.” va “X-2000” MCHJlarga qarashli 2 ta avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchasida sotilayotgan avtobenzindan namuna olinib, laboratoriya tahlillaridan oʻtkazilganda AI-92-markali avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsiz) aniqlandi.
Bu kabi holat Namangan shahridagi “V.A.” MCHJ hamda Chortoq tumanidagi “Gʻ.H.” MCHJlarga qarashli AYOQSHlarda ham neft mahsuloti sifatsiz ekanligi maʼlum boʻldi.
Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yoʻl qoʻygan ushbu AYOQSHlarda kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha toʻxtatildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling