Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi ayrim bog‘chalar issiq sababli vaqtincha yopildi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligi xabar berdi.
Ushbu hududlar:
- Nukus shahri - 13-iyuldan 18-iyulgacha;
- Amudaryo tumani - 13-iyuldan 15-iyulgacha;
- Beruniy tumani - 13-iyuldan 17-iyulgacha;
- Xo‘jayli tumani - 13-iyuldan 18-iyulgacha;
- Taxiatosh tumani - 13-iyuldan 18-iyulgacha;
- Shumanay tumani - 13-iyuldan 17-iyulgacha;
- Mo‘ynoq tumani - 13-iyuldan 17-iyulgacha;
- Qonliko‘l tumani - 13-iyuldan 17-iyulgacha;
- To‘rtko‘l tumani - 13-iyuldan 17-iyulgacha.
Taʼkidlanishicha, mazkur qaror bolalarning sog‘lig‘ini issiq havoning ta‘siridan himoya qilish va xavfsizligini ta‘minlash maqsadida qabul qilindi.
Ishni vaqtincha to‘xtatish tartibi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limlarining tegishli xulosalari va tavsiyalariga muvofiq amalga oshiriladi.