Toshkentda to‘rtta avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgartirildi

Bunga Kichik halqa yo‘lidan Parkent ko‘chasiga kirish va chiqish yo‘l bo‘laklari yopilishi sabab bo‘ladi.

4-iyuldan Toshkentda to‘rtta avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgartirildi. Bu haqda poytaxt transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi xabar berdi.

Bunga Kichik halqa yo‘lidan Parkent ko‘chasiga kirish va chiqish yo‘l bo‘laklari yopilishi sabab bo‘ladi. 

Shu bois quyidagi avtobus yo‘nalishlari harakatida o‘zgarishlar kiritildi:

  • 62- va 70-sonli yo‘nalishlar harakati Kichik halqa yo‘lidagi «Harbiy litsey» bekatigacha qisqartirildi;
  • 89- va 95-sonli yo‘nalishlar shahar markazidan qaytishda harakati Osiyo, Oqqo‘rg‘on, Mustaqillik, Parkent ko‘chalari orqali amalga oshiriladi.

Yo‘llardagi tirbandliklar sababli avtobuslarning qatnov vaqti rejadagidan uzayishi mumkin.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling