Toshkent shahrining Chilonzor tumanida yashagan 1986-yilda tugʻilgan ayol Dubay-Toshkent aviareysida uchib kelib, sogʻligi yomonlashganligi sababli, Chilonzor tumanida joylashgan RSHTYOIMga olib kelingan. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Tibbiy reanimatsion muolajalarga qaramasdan, ayolda biologik oʻlim holati qayd etilgan.
Marhumaning oʻlimi sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Hozirda prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling