Fargʻona viloyatdagi jamoat transportidan foydalanganlik uchun bir martalik toʻlov 3000 soʻm etib belgilandi. Bu haqda viloyat hokimi qarori qabul qilindi.
Agar yoʻl haqi kartadan toʻlansa, 2400 soʻm boʻladi. Yoʻnalishli taksi (mikroavtobus)larda bir nafar yoʻlovchi uchun esa — 4000 soʻm.
2023-yil noyabrdan Toshkent shahri jamoat transportida yoʻl haqi naqd yoki bank kartasi orqali toʻlashda 1400 soʻmdan 2000 soʻmgacha, ATTO transport kartasi bilan toʻlov amalga oshirilganda esa 1700 soʻmgacha oshirilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling