Qoraqalpogʻiston Respublikasining Toʻrtkoʻl tumanida “Z.T.” xususiy korxonasi va “Ch.Z.” oilaviy korxonasi masʼul shaxslari fuqaro A.A.ga tegishli Nukus koʻchasida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchasi binosida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi tarmoqqa oʻzboshimchalik bilan ulanib, jami 1,5 mlrd soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Shuningdek, Toshkent shahrining Olmazor tumanida fuqaro J.M. “Xonchorbogʻ” MFY hududidagi xonadonida ishlab chiqarish sexi tashkil etib, tijorat maqsadida 4 dona elektr pechlarini umumiy foydalanishdagi tarmoqqa toʻgʻridan-toʻgʻri ulab, 567,6 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling