Toshkent va Namangan viloyatlarining ayrim hududlarida qor ko‘chish xavfi e‘lon qilindi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Bunga 13–16-dekabr kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining keskin o‘zgarishi sabab bo‘ladi. Ushbu hududlar:
- Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Ohangaron ва Parkent tumanlari (Chotqol tizmasining tog‘lari);
- Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e‘lon qilinadi.
Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanayotgan haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raldi.